Tasnif
ArcGIS dasturi ESRI kompaniyasining dasturi bo‘lib bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcGIS 10.2 dasturi kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcGIS 10.2 ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum hudud bo‘yicha tarqalgan geografik ma’lumotlarni (ob’ekt va hodisalar) ko‘rish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturini qo‘llash sohalari turlicha yani biznes va fan, ta’lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, sanoat ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neftgaz sanoati, erdan foydalanish va kadastr hamda kartografiyada muhim ahamiyat kasb etadi.